Farg’ona viloyati Pedagogik mahorat markazi uchun «Ishonch» jamg’armasi Yunesko loyihasi

Farg‘ona viloyati Pedagogik mahorat markazi uchun “Ishonch” jamg‘armasi Yunesko loyihasi tomonidan taqdim etilgan zamonaviy tarjimonlik uskunalaridan foydalanish bo‘yicha amaliy treninglar tashkil etildi.

Mashg‘ulotlarda uskunalarning imkoniyatlari, ulardan samarali foydalanish va amaliy qo‘llash bo‘yicha ishtirokchilarga zarur ko‘nikmalar berildi.

Mazkur tashabbus markazda xalqaro tadbirlarni zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etish imkoniyatlarini yanada kengaytiradi.
