Har bir millatning taraqqiyoti ilm va tarbiyaga bog‘liq!

«Мастер-класс» состоялся в Ферганском региональном центре педагогических навыков.

Февраль 16, 2026

2026-yil 13-fevral kuni Farg‘ona viloyati pedagogik mahorat markazida “Mahorat darsi” tashkil etildi.

Mazkur mashg‘ulot “Tillarni o‘qitish metodikasi” kafedrasi o‘qituvchisi Y. Yormatova tashabbusi bilan o‘tkazilib, unda maktabgacha ta’lim tashkilotlari ingliz tili o‘qituvchilari faol ishtirok etdilar.

Mahorat darsi Farg‘ona shahar 14-DMTT o‘qituvchisi Ashurova Shakarxon tomonidan “Interesting ways of teaching theme ‘Animals’” mavzusida olib borildi.

Mashg‘ulot jarayonida ishtirokchilar tomonidan individual va guruhli topshiriqlar bajarildi, shuningdek, ish hujjatlarini yuritish bo‘yicha tajriba almashildi hamda metodik tavsiyalar muhokama qilindi.