«Учитель моей мечты» — проект, объединяющий талантливую молодежь в дружбе.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi PF–86-son Farmoni ijrosi doirasida Farg‘ona viloyatida iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni yagona maqsad va g‘oya atrofida birlashtirishga qaratilgan muhim tadbir tashkil etildi.

Xususan, Farg‘ona viloyati Pedagogik mahorat markazi hamda Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi bilan hamkorlikda “Orzuyimdagi ustoz” loyihasining ilk bosqichi o‘tkazildi.
Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–86-son Farmonining 3-bandida belgilangan vazifalar asosida:
Prezident maktablari o‘quvchilari, milliy dastur ishtirokchilari va iqtidorli yoshlarni yagona platforma va do’stona birlashtirish, ularning o‘zaro muloqoti va intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish maqsadlariga to‘liq mos holda tashkil etildi.
Tadbirda Prezident maktabidan kelgan 10 nafardan ziyod iqtidorli o‘quvchilar ishtirok etib, o‘z taqdimotlari orqali ustoz shaxsining zamonaviy talqini, ta’limdagi mas’uliyati va yoshlar hayotidagi o‘rni haqida fikr-mulohazalar bildirdilar. Bu chiqishlar yoshlar o‘rtasida tajriba almashinuvi va ochiq muloqot uchun samarali muhit yaratdi desak mubolag’a emas.

«Taqdirim sizning qo’lingizda – aziz muallim» shiori ostida o’tgan tadbirda Farg‘ona viloyati Pedagogik mahorat markazi direktori
Odilxujayeva Maftuna Xaknazarovna raislik qildi. Maftuna Xaknazarovna O‘z chiqishlarida PF–86-son Farmonining 3-bandida nazarda tutilganidek, iqtidorli yoshlarni birlashtiruvchi hamjamiyatlarni rivojlantirish, Prezident maktablari o‘quvchilari bilan samarali muloqot maydonlarini yaratish hamda bunday loyihalar orqali yoshlarning intellektual va ijtimoiy faolligini oshirish muhimligini alohida ta’kidladilar.
