Har bir millatning taraqqiyoti ilm va tarbiyaga bog‘liq!

Farg‘onada iqlim ta’limi bo‘yicha master-trenerlar tayyorlanmoqda

Апрель 28, 2026

Bugun Farg‘ona viloyati pedagogik mahorat markazida BMTTD, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, EAA jamg‘armasi hamda “Zamin” fondi hamkorligida iqlim ta’limi bo‘yicha seminar-trening boshlandi

Mazkur loyiha doirasida kelgusida 50 ming nafar o‘qituvchiga iqlim ta’limi va yashil ko‘nikmalar yetkazilishi rejalashtirilgan.  Bu esa yoshlarning ekologik savodxonligini oshirish va barqaror kelajakni shakllantirishga xizmat qiladi

Tadbirni markaz rahbari Maftuna Xaknazarovna ochib berdi. Treningda ishtirokchilar iqlim mavzularini ta’lim jarayoniga integratsiya qilish hamda innovatsion metodlarni qo‘llash bo‘yicha malaka oshirmoqda.