Bugun Fargʻona shahar 32-maktabida ijtimoiy fanlar yoʻnalishida
“Ajdodlar merosi — yoshlarga ibrat” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.
👩🏫👨🎓 Tadbirda o‘qituvchilar va o‘quvchilar ajdodlar qoldirgan bebaho madaniy, ilmiy va ma’naviy merosning yoshlar tarbiyasidagi o‘rni haqida fikr almashdilar.
📜🌟 Seminarda tarixiy manbalar, buyuk allomalar merosi hamda milliy qadriyatlarni asrab-avaylashning ahamiyati yoritildi.
🇺🇿💡 Tadbir yoshlarning bilimini boyitish, ularda vatanparvarlik va ma’naviy ongni mustahkamlashga xizmat qildi.


