“Zamonaviy ta’limda fanlararo integratsiya — ta’lim sifatini oshirishning muhim omili” mavzusida viloyat seminari Oltiariq tumanidagi 31-maktabda bo‘lib o‘tdi.
Tadbir Farg‘ona viloyat Pedagogik mahorat markazi va Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamkorligida tashkil etilib, unda dars samaradorligini oshirish, fanlararo integratsiyani rivojlantirish va o‘qituvchilarning professional mahoratini qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.
🎓 Seminarda direktor o‘rinbosari Boboraximov Sanjar Malikjanovich hamda fan metodistlari innovatsion yondashuvlar va ilg‘or tajribalar bilan o‘rtoqlashdilar.
🧩 Ochiq darslar, amaliy mashg‘ulotlar, tajriba almashinuvi va integratsiyalashgan dars modellarining taqdimotlari o‘tkazildi.
✨ Yakunda o‘qituvchilar hamkorlikni davom ettirish va fanlararo integratsiyani darslarda izchil qo‘llash bo‘yicha rejalar belgilab oldilar.
