Har bir millatning taraqqiyoti ilm va tarbiyaga bog‘liq!

“Ilm, til va ta’lim integratsiyasi: zamonaviy metodik yondashuvlar” mavzusida xalqaro onlayn ilmiy-amaliy anjuman o‘tkaziladi

Iyun 23, 2026

“Ilm, til va ta’lim integratsiyasi: zamonaviy metodik yondashuvlar” mavzusida xalqaro onlayn ilmiy-amaliy anjuman o‘tkaziladi

Farg‘ona viloyati Pedagogik mahorat markazi Tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasi tomonidan 2026-yil 29-iyun kuni “Ilm, til va ta’lim integratsiyasi: zamonaviy metodik yondashuvlar” mavzusida xalqaro onlayn ilmiy-amaliy anjuman tashkil etiladi.

Mazkur anjuman ilm, ta’lim, til va adabiyot o‘rtasidagi integratsion aloqalarni mustahkamlash, zamonaviy metodik yondashuvlarni ilmiy-nazariy hamda amaliy jihatdan muhokama qilish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish, shuningdek, raqamli ta’lim muhitida til o‘qitishning yangi shakl va usullarini tahlil etishga bag‘ishlanadi.

Anjumanda professor-o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, magistrantlar, amaliyotchi pedagoglar hamda soha mutaxassislari o‘z maqola va tezislari bilan ishtirok etishlari mumkin.

Barcha professor-o‘qituvchilar, ilmiy izlanuvchilar, magistrantlar, amaliyotchi pedagoglar hamda soha mutaxassislarini xalqaro onlayn ilmiy-amaliy anjumanda faol ishtirok etishga taklif qilamiz.