Farg‘onadan milliy terma jamoamizga yuksak ishonch va qo‘llab-quvvatlov!
Farg‘onadan milliy terma jamoamizga yuksak ishonch va qo‘llab-quvvatlov!
Farg‘ona viloyati pedagogik mahorat markazi ingliz tili yo‘nalishi 1-guruh tinglovchilari tomonidan futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasini qo‘llab-quvvatlash maqsadida maxsus videorolik tayyorlandi.
Ushbu videorolik orqali Farg‘ona viloyati vakillari, shuningdek, butun O‘zbekiston xalqi milliy terma jamoamizga bo‘lgan yuksak ishonch, faxr va qo‘llab-quvvatlovini ifoda etmoqda.
Bugun yurtimizning har bir hududida futbolga bo‘lgan mehr, milliy jamoamizga bo‘lgan ishonch va g‘alabalarga intilish ruhi yanada kuchaymoqda.
Farg‘ona ahli ham milliy terma jamoamizning har bir o‘yinini katta hayajon, umid va iftixor bilan kuzatib bormoqda. Zero, maydondagi har bir g‘alaba — butun xalqimizning quvonchi, har bir muvaffaqiyat — yurtimiz sha’ni va g‘ururidir.
Biz birgalikda kuchlimiz!
Biz milliy terma jamoamiz bilan faxrlanamiz!
Olg‘a, O‘zbekiston!