“Oʻzbekistonda taʼlimni rivojlantirish” loyihasi doirasida SEMINAR
Aprel 21, 2026
Farg‘ona viloyati pedagogik mahorat markazida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda UNICEF hamkorligida seminar tashkil etildi.
Ikki kun davom etadigan mashg‘ulotlarda pedagoglar zamonaviy metodlar, raqamli texnologiyalar va interfaol yondashuvlar bilan tanishmoqda.
Farg‘ona viloyati Pedagogik mahorat markazi viloyatdagi umumiy o‘rta, maktabgacha va maxsus ta’lim muassasalari pedagog kadrlarining malakasini oshirish, zamonaviy o‘qitish metodikalarini joriy etish hamda amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha kompleks xizmatlarni amalga oshiradi.
Farg‘ona viloyati pedagogik mahorat markazi