Farg‘ona viloyati Pedagogik mahorati markazi hamda Farg‘ona viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamkorligida Oltiariq tumani 37-maktabida viloyat miqyosidagi o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi.
Tadbirda Pedagogik mahorati markazining metodistlari U. To‘xtasinov va D. Ro‘ziev, shuningdek, viloyat tuman va shaharlaridan kelgan bir qator fan mentorlari ishtirok etdilar. Bu esa tajriba almashish jarayonini yanada boy va mazmunli bo‘lishiga xizmat qildi.

Seminar davomida: ijtimoiy, filologiya (ona tili va adabiyot), amaliy, tabiiy fanlar yo‘nalishlari bo‘yicha ochiq darslar kuzatildi va ular yuzasidan metodik tavsiyalar berildi. Faol qatnashgan pedagoglar tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

Tadbir yakunida 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan badiiy-tarbiyaviy konsert dasturi namoyish etildi


