Har bir millatning taraqqiyoti ilm va tarbiyaga bog‘liq!

“Pedagogika va psixologiya, ta’lim texnologiyalari” kafedrasi ochiq darsi

Ноябрь 21, 2025

📚✨ “Pedagogika va psixologiya, ta’lim texnologiyalari” kafedrasi ochiq darsi ✨📚

Bugun kafedraning katta o‘qituvchisi Mamadaliyeva B. tomonidan Informatika 1-guruh tinglovchilari bilan
🎓 “Raqamli ta’lim muhitida bola intellektini rivojlantirishda ta’lim nazariyalarining ahamiyati”
mavzusida ochiq dars tashkil etildi.

Dars davomida tinglovchilar:
🖥️🔍 VR/AR texnologiyalari imkoniyatlari bilan tanishdilar;
🧠✨ raqamli ta’lim muhiti bolaning intellektual salohiyatini rivojlantirishda qanday ahamiyatga ega ekanini o‘rgandilar.

Tinglovchilar kichik guruhlarga bo‘linib:
🤝💡 amaliy mashg‘ulotlar bajarishdi,
🎯 diqqatni jamlash, 🧩 xotirani mustahkamlashga yordam beruvchi metodlarni birgalikda qo‘llab ko‘rdilar.

Dars ⭐️ juda qiziqarli ⭐️ va samarali tarzda o‘tdi.
Yakunida tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga 📩 javob oldilar.